So’nggi yangiliklar

01:41Илёс Зейтуллаев: "Женнифер Лопес ва шунча одамни майдондан ҳайдай олмайман-ку"  2 01:11Элдор Мойлиев: "Биз ҳам "Бунёдкор" ҳам ғалаба қозониб кетиши мумкин эди"  0 00:51Энди Жексон "Челси"га керак эмас  1 00:28Акмал Рустамов: "Ўйлайманки, биз ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз"  0 00:16"Манчестер Юнайтед" клуби қайта тамирланган Каррингтон базасини намойиш этди  0 23:57Улуғбек Бакаев: "Агар дуранг бўлганида адолатли бўларди"  2 23:31"Пахтакор"ни чемпионлик курашидан чиқаришга ҳали эрта" — Азамат Абдураимов билан иккинчи давра старти таҳлили   1 23:16Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Бунёдкор" "Шўртан"ни мағлуб эта олмади  9 22:57Шоҳруз Норхонов: "Жамоамга ғалаба келтирганимдан хурсандман"  0 22:44Февзи Давлетов: "Жанговар дуранг бўлди"  0 22:18Ҳаким Фузайлов: "Футболчиларимизга озгина дадиллик етишмади"  1 22:05Суперлига. "Қизилқум" "Бухоро"ни мағлуб этди, Норхонов собиқ жамоасига гол урди  13 21:53"Челси" сўнгги марта 1 ярим йил олдин гол урган ҳужумчисини сотиб юборди  2 21:34Душан Тадич БАА жамоасига ўтди  0 21:03Суперлига. Олмалиқда кечган "Хоразм" – "Сурхон" учрашувида жанговар дуранг  15

#1593-sonli cirkulyar Yangiliklar

#1593-sonli cirkulyar

Teglar :  O'zbekiston
Qirg'iziston terma jamoasiga karshi o'yinni mashg'ulot uchrashuvi deb ataymiz.

CHunki FIFA uni rasmiy o'yin sifatida tan olmadi. Sababi ikki terma jamoa kelishgan holda 6 nafardan ko'p futbolchilarni almashtirish taklifini berdilar. Bunday holatda o'yinlar rasmiy maqomga ega bo'lmaydi va uni federaciyalar FIFA nomidan foydalanib tijorat maqsadida daromad ko'ra olmaydilar. SHuning uchun FIFA nazorat uchrashuviga chiqariladigan chiptalardan namuna so'ragan. O'FF esa chipta chiqarishni lozim topmadi, O'FF tomonidan chiqarilgan qaror bo'lsada, bu aslida murabbiyning talabi ekanligini barchamiz bilib bo'ldik. Qirgizlar uchun o'yinni qanday o'tishi umuman qiziq emas, ular shundoq ham kuchli raqib bilan kelishganligidan mamnunlar. Agar bizga ham xech yo'g'i Islandiya yopik eshiklar ostida o'yin o'tkazishni taklif qilganida, tajriba yqlida jon deb taklif qilgan bo'lardik. 


Faqat bizdagi biroz noto'g'ri axborot shundan iborat bo'lganki, o'yinni FIFA uchrashuvi sifatida efirga uzatib bo'lmasdi. CHunki, bu bahs FIFA tomonidan tan olinmagan. Ammo istakka qarab uni O'FF mahsuloti sifatida taqdim etsa bo'ladi. 

Hullas bu xech qanday o'rtoklik o'yini emas. Oddiy mashg'ulot, mashg'ulotni murabbiy istaganicha o'tkazish huquqiga ega. Istasa yopadi, istasa ochadi. Bu o'yinni ikkita mahalla o'rtasida, maktab maydoniga chiqib o'ynash saviyasiga xam tenglashtirish mumkin. CHunki u xech qanday rasmiy kuchga ega emas. 

Qissadan hissa shuki, O'FF mashg'ulotni yopik o'tkazishga xaqi bor. Ammo, muxlis uchun o'sha mashg'ulotni ochib qo'ysa xam bo'lar edi. Aslida birinchi muzokaraga ko'ra uyin FIFA tasnifida o'tishi xaqida yukori tashkilotga xat yuborilgan bo'lgan vaqt o'tishi bilan zaxira uyinchilarini almashtirish orqali o'yin rasmiy maqomdan mashg'ulotga tushdi va yuqoridagi muammolarni keltirib chiqargan. 

"Paxtakor"ga SHota Arveladze murabbiy etib tayinlangach, u uyinoldi rasmiy mashg'ulotlarni ham to'liq ochib qo'ydi. "Men nimadan cho'chiyman? Hammasi maydondagi o'yinni chiqishiga qarab bo'ladi, futbol muxlis uchun", - degan jumlani takidlab o'tdi. Balki bizda xam 12 sentyabrdan keyin shunday ochiqlik bo'lar...


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика