10ta gol kiritilgan bahsda "Paxtakor" g'alaba qozondi
07 fev 2018 18:07
Yangiliklar
10ta gol kiritilgan bahsda "Paxtakor" g'alaba qozondi
Dastlabki o'yinda "Paxtakor" "Metallurg" ustidan kichik hisobda g'alaba qozongani haqida xabar bergandik.
Ikkinchi uchrashuv esa gollarga boy bo'lgani haqida klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Dastlab bekobodliklar Purishkin va Sattorovning gollari evaziga oldinga chiqib olishdi. SHundan so'ng to'liq tashabbusga erishgan "Paxtakor" raqib darvozasini 7 bor ishg'ol qildi. Jasur Hakimov xet-trik, Sobit Sindarov dubl qayd etdi. Kamoliddin Tojiev va Azim Ahmedov hisobiga bittadan gol yozib qo'yishdi. SHu tariqa ikkinchi nazorat o'yinida ham "Paxtakor" "Metallurg"dan ustun keldi.
"Paxtakor" birinchi o'yinda "Metallurg"ni mag'lub etdi
1-Nazorat o'yini.
"Paxtakor" - "Metallurg" 1:0
Bosh hakam: SHerzod Qosimov.
Gol: Akmal SHorahmedov (40)
"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Farruh Sayfiev, Marko Simich, SHerzod Azamov, Akmal SHorahmedov, Rostin Griffits, Dilshod Rahmatullaev, Jaloliddin Masharipov, Jamshid Iskanderov, Tiago Bezerra, Ismoil Gonsalvesh.
"Metallurg": Zafar Safoev, Abror Husinov, Abbos Otaxonov, SHerzod Fayziev, Dilyorbek Ermatov, Islom Isoqjonov, SHahzod SHaymanov, Jasur Hasanov, Alisher Ziyavutdinov, Nodir Mavlonov, Zohid Abdullaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Doston Tursunov, Muhammad Isaev, Pavel Purishkin.
2-Nazorat uchrashuvi.
"Paxtakor" - "Metallurg" - 7:3
Gollar: Tojiev 28, Hakimov 32, 49, 54, Ahmedov 40, Sindarov 62, 68 - Purishkin 15, Sattorov 24, Nurullaev 46.
"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Vladimir Kozak, Egor Krimec, Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Azim Ahmedov, Akbar Ismatullaev, Doston Ibrohimov, Sobit Sindarov, Bahrom Abduraximov, Jasur Hakimov (Ahmadov, 58).
Fikrlar