So’nggi yangiliklar

08:09Гвардиола «Сити»нинг муваффақиятсизликларига олиб келган хатосини айтди  2 07:38Суперлига. Бугун 3 та баҳс бўлиб ўтади  0 06:20Суперлига. "Насаф" "Хоразм"ни енголмади, "Бунёдкор" эса дарвозабоннинг қўпол хатоси сабабли ютқазди  7 02:00Қизиқарли ҳолат: ПСЖдан 19 метр узоқдаги жамоа Лига 1'га чиқди  8 01:54АПЛ. Де Брюйненинг ягона голи "Манчестер Сити"га ғалаба келтирди  38 01:21"Ливерпуль" Трентни "Реал"га қўйиб юборишга тайёр, фақат бир қанча шартлар билан  2 00:41Саудия Арабистони. "Ал Файҳа" асосий рақобатчисини мағлуб қилди ва "учиб кетиш ҳудуди"дан узоқлашди  0 00:15Лаутаро Мартинесда ҳали имкон бор  0 23:43Илёс Зейтуллаев: "Ютганимизда бугун қаҳрамон бўлар эдик"  8 23:22Клублар ўртасидаги ЖЧ вақтида "Реал"ни бошқа мураббий бошқариши мумкин  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Ютқазаётган вақтимизда ҳам режамиздан чекинмадик ва ҳақли ғалабага эришдик"  3 22:28Суперлига. "Қўқон-1912" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бунёдкор" майдонида зафар қучди  34 21:59Ҳаким Фузайлов: "Амалдаги чемпиондан бир очко олдик, бундан хурсандмиз"  4 21:31Рўзиқул Бердиев: "Очко йўқотишга ҳақли эдик"  21 21:16"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0

O'zbekiston futbol associaciyasi va futzal federaciyasi rahbariyati Osiyo Kubogi oldidan terma jamoa azolari bilan uchrashdi Yangiliklar

O'zbekiston futbol associaciyasi va futzal federaciyasi rahbariyati Osiyo Kubogi oldidan terma jamoa azolari bilan uchrashdi

Bugun, 30 aprel kuni O'zbekiston futzal federaciyasi Prezidenti Bekzod Mamatqulov, O'zbekiston futbol associaciyasi Prezidenti maslahatchilari Baxtiyor Abdullaev hamda Avaz Azizxo'jaev Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi final bosqichi safariga otlangan terma jamoamiz azolari bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida O'zbekiston futzal federaciyasi Prezidenti yurtboshimiz tomonidan sportga alohida etibor qaratilayotganini takidlab o'tdi. Hamyurtlarimiz futbolni, xususan futzalni yaxshi ko'rishi va sportdagi yutuqlarimiz ularning kayfiyatiga bevosita ijobiy tasir qilishini qayd etdi. Xususan, xalqimiz futzal bo'yicha ayollar terma jamoasidan ham yuqori natijalar kutayotganini alohida takidladi.

Bekzod Mamatqulov (O'zbekiston futzal federaciyasi prezidenti): "Biz murosasiz raqobatga otlanayapmiz. Osiyo kubogi musobaqasida qitamizning eng kuchli jamoalari ishtirok etadi. Qatnashchilar orasida futzali, ayniqsa ayollar futzali jadal rivojlangan mamlakatlar bor. Ammo bizda ijobiy natija ko'rsatish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Xalqimiz sizlarga ishonadi. Asosiysi, Vatanimiz bayrog'ini bir tanu-bir jon bo'lib himoya qilishimiz zarur".


Baxtiyor Abdullaev (O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti maslahatchisi): "Chindan ham sport butun xalqimizning kayfiyatiga tasir ko'rsatadi. Ishonamizki, kelajakda bizning jamoalarimiz jahon chempionatining muntazam ishtirokchisiga aylanadi. Sizlar esa mana shu yo'lda tamal toshini qo'yib berasizlar. Sizlarga aniq bir bosqichga etib borish, malum vazifa qo'yib, bosimni orttirmoqchi emasmiz. Ishonamizki, sizlar Vatan uchun bor kuchingizni sarflaysiz. Kimga qarshi maydonga tushishingizdan qati nazar boshingizni baland ko'tarib kurashga kirishing!".

Avaz Azizxo'jaev (O'zbekiston futbol associaciyasi prezidenti maslahatchisi): "Men ayollar futzal jamoamiz ko'p narsaga erishishi mumkinligini ancha oldin bilgandim. Yodingizdami, biz Sizlar bilan Osiyo Kubogi saralash bahslaridan avval ko'rishgandik. Sizlar chindan ko'p narsaga qodirsiz! Muhimi, o'z kuchingizga ishoning, bir jamoa bo'lib, bir-biringizni qo'llab-quvvatlang! Elkama-elka turib, harakat qiling, eng qiyin damlarda ham ruhan kuchli bo'ling!".

Farrux Zakirov (O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi): "Haqiqatdan hech bir soha mamlakatni sport kabi tezda dunyoga tanita olmaydi. O'zim guvohi bo'ldimki, futbol bo'yicha O'zbekiston U-17 terma jamoasi g'alabasidan so'ng, yigitlarimizning salohiyatiga, qobiliyatiga butun dunyo tan berdi. Ayni paytda jahonning ko'plab taniqli futbol mutaxassislari o'zbekning qorako'z o'g'lonlariga ko'z tikib o'tirishibdi”.


Zumratjon Nazarova (O'zbekiston ayollar terma jamoasi azosi): "Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Jamoadagilarning kayfiyati ajoyib va barchamiz bir maqsad yo'lida birlashib, hamyurtlarimizni xursand qilishga astoydil harakat qilamiz hamda yurtimizga yorug' yuz bilan qaytamiz".

Tadbir so'ngida mutasaddilar terma jamoamiz azolariga yana bir bor omad yor bo'lishini tilab, ularga oq fotiha berishdi.

Ishonamizki, bugun Osiyo kubogining final bosqichiga yo'l olgan qizlarimiz ham Xitoyda nimalarga qodir ekanliklarini amalda isbotlab qaytishadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика