So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  8 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Ilyos Zeytullaev: "Yutganimizda bugun qahramon bo'lar edik" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Yutganimizda bugun qahramon bo'lar edik"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev fikrlarini bildirdi.

"Nima ham deyish mumkin, albatta alamli mag'lubiyat. Boz ustiga oxirgi daqiqada bu narsa ro'y berdi. Kutilmagan mag'lubiyat bo'ldi deyish mumkin. 80-daqiqagacha ham yutishimizga ishonib turgan edik. Mavsumdagi birinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldik. Bu futbol, oldinga intilish kerak. Yutganimizda bugun qahramon bo'lardik. Endi tiklanishimiz va navbatdagi o'yinga tayyorlanishimiz kerak", - deydi Ilyos Zeytullaev

- "Bunyodkor" futbolchilari 1:0 hisobidan so'ng g'alabani qo'lga kiritishmoqda, vaholanki futbolda 1:0 dan keyin ham o'yin bo'ladi. OKMK bilan uchrashuvda ham shunday holat yuz bergandi. Bunga qanday izoh bera olasiz?

- Bir necha kun oldingi o'yinda futbolchilar juda ko'p energiya sarflashdi. Bu vaziyatda javobgarlikni o'z zimmamga olaman, chunki yigitlar maydonda kurashishdi. Ular g'alaba uchun borlarini berishdi. Balki men noto'g'ri zaxira almashtirishlarni qilgandirman. Biz bir sekund ham diqqatni yo'qotmasligimiz kerak. Yigitlar bu o'yinni yutishni qattiq istashdi. Bu - futbol. Keyingi bahsni o'ylash kerak. 

- "Bunyodkor" o'zidan bir bosh baland raqibni taslim qildi va o'zidan bir daraja past jamoaga mag'lub bo'ldi. Bu narsa odatda futbolda bo'lib turadigan ruhiy muammo deyish mumkin. Sizni havotirga solgan narsa bugun bo'ldimi?

- O'ylaymanki, "Qo'qon-1912" ham oxirgi daqiqagacha kurashdi. Hattoki, birinchi bo'limda tempni ko'tarishga urindi. Bunday jamoalar bilan o'ynaganda o'yinni o'qiy olish kerak. 1:0 bo'lib turgan pallada yana bitta to'p kiritib bellashuvga nuqta qo'yishimiz mumkin edi. Barcha narsa yopilardi. Penaltidan keyin biroz ruhan cho'kib qoldik. Hamidullo Abdunabievning xatosini texnik xato bilan bog'lash o'rinlidir. Bu o'yingacha juda yaxshi harakat qilib keldi, hechqisi yo'q bo'lib turadi. 

- Itsuki Urataning jarohati qanchalik jiddiy va qachon safga qaytadi?

- U bizning muhim bo'lagimiz. Itsuki Urata jarohat olgan, yaqinda operaciya qilindi.  Tiklanish jarayonini boshladi, individual ishlamoqda. "Bunyodkor"da jamoa yangilanmoqda. Shu bois har bir futbolchining o'rni bor. Uni intiqlik bilan kutmoqdamiz. 

- Aziz To'lqinbekov va Ollabergan Karimov raqobat sabab tarkibga kira olmayaptimi?

- Bunday davrda ular zaxirada qolib ketayotgani yaxshi emas albatta. Ayrim nyunarslar bor. Ular jamoamiz bilan malum vaqt yig'in o'tkaza olishmadi. Hozirda Azizbek va Guti (Ollabergan Karimov) yuzda tabassum bilan jiddiy ishlashmoqda. Bu futbolchilar bizning kelajagimiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика