Bahrom Haydarov: "Yutqazayotgan vaqtimizda ham rejamizdan chekinmadik va haqli g'alabaga erishdik"
02 may 22:54
Yangiliklar
Bahrom Haydarov: "Yutqazayotgan vaqtimizda ham rejamizdan chekinmadik va haqli g'alabaga erishdik"
"Bugungi o'yin teng kurashlar ostida o'tdi, o'yin avvalida biroz bo'shashdik, futbolchilarda o'z kuchiga ishonch bo'lmadi. Shu sababli oldinga o'ynashga qo'rquv bo'ldi, bu yakunda golga olib keldi. O'yin davomida goldan keyin yigitlar o'ziga kelib oldi, keyingi daqiqalar tayyorlagan rejamiz asosida kechdi. Hozir hissiyotlar ko'p. Bir so'z bilan aytganda haqli g'alabaga erishdik. Yutqazayotgan vaqtimizda ham o'z rejamizdan chekinmadik", - deydi Bahrom Haydarov.
- Bugungi g'alabani omadga qiyoslash mumkinmi? "Qo'qon-1912" aytarli vaziyat yarata olgani yo'q...
- Darvozabon xatosini olsak omadli vaziyat edi deyish mumkin. Bu rejalashtirilgan narsa emasdi. Mutaxassislar ham ko'rdi, jamoam oxirgi daqiqagacha kurashdi. Haqli g'alaba qo'lga kiritildi. Butun o'yin davomida himoyalanib, qarshi hujumda imkoniyatlarimizni kutdik.

- Qo'l ostingizdagi tarkib bilan butun mavsum davomida barqaror o'yin ko'rsata olishingizga ko'zingiz etyaptimi? Zaxira imkoniyatlaringiz qanday?
- Albatta teng kuchli tarkib yig'ishga harakat qildik. Futbolchilarning ko'pchligi o'tgan yili Pro ligada qatnashishgan. Ular kundan-kunga o'smoqda. Tarkibga Superligani ko'rgan bir necha nafar tajribali futbolchilarni ham jalb qildik. Biz murabbiylar shtabiga ham ko'p narsa bog'liq. Futbolchilarning jismoniy holatini bir maromida ushlay olishimiz kerak. Hozircha o'ylaganlarimiz amalga oshmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar