So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  4 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Superliga. Peshqadam "Nasaf" "Xorazm"ni yuta olmadi Yangiliklar

Superliga. Peshqadam "Nasaf" "Xorazm"ni yuta olmadi

Teglar :  NasafXorazm
O'zbekiston Superligasining 8-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Superliga, 8-tur
"Xorazm" — "Nasaf" 1:1
02 may 2025 yil. Jizzax, "So'g'diyona" stadioni. 18:15
Hakamlar:
Abdurashid Xudoyberganov, Shohrux Maqsudov, Adham Rixsiboev, Nurbek Sheraliev.
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
VAR: Rustam Lutfullin
AVAR: Islom Azimov
Komissar: Diyor Xotamqulov.

Gollar: Alibek Davronov 11, - 0:1 (Sharof Muhitdinov). Abror Xo'sinov 79, - 1:1 (Sunnatilla Abdullajonov).

"Xorazm": 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 5.Dilshod Jo'raev, 7.Temurbek Ismailov (77.Sunnatulla Abdullajonov, 60), 9.Jasur Azimov (8.Xazratjon Tursunqulov, 46), 10.Murodbek Bobojonov (99.Shahrom Samiev, 46), 11.Humoyunmirzo Iminov (22.Sanjar Shoahmedov, 60), 15.Vladimir Bubanya, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 44.Dostonbek Tursunov, 88.Abror Xo'sinov (4.Farruh Ibrohimov, 83), 94.Rustamjon Abduhamidov.
Zaxira: 25.Akobir Qayumov, 18.Francis Narx, 20.Danila Ejov,  66.Ilhomjon Alijonov, .

"Nasaf": 1.Oleksandr Vorobey, 2.Alibek Davronov, 6.Murodbek Rahmatov (22.Igor Golban, 80), 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov (17.Suhrob Nurulloev, 63), 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhitdinov (34.Sherzod Nasrullaev, 49), 18.Husayn Norchaev (99.Rubin Xebay, 46), 28.Shuhrat Muhammadiev, 77.Oybek Bozorov (20.Islom Kenjaboev, 80), 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 73.Diyorbek Asomiddinov.

Ogohlantirishlar: Alibek Davronov 75, Shahrom Samiev 75.

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+7. Uchrashuv yakunlandi, "Xorazm" - "Nasaf" 1:1

90+6. UXXXX! Qanday vaziyat! Abduhamidovning havodan uzatgan to'pini Dilshod Jo'raev yaqin masofadan darvozaga yo'llay olmadi!

90+4. Zarba! Nurulloev jarima to'pini amalga oshirdi, havolatib uzatilgan to'pni Xebay boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

90. Uchrashuvga 7 daqiqa qo'shildi

89. "Nasaf"da burchak zarbasi, Nurulloev uzatgan to'pni Davronov boshi bilan darvozaga yo'llay olmadi

86. ZARBA! Shahrom Samievning jarima maydoni yonidan tepgan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi

83. O'zgarish. "Xorazm". Jarohat olgan Xo'sinov o'rniga Farruh Ibrohimov tushdi

80. O'zgarishlar. "Nasaf". Bozorov va Rahmatov o'rniga Kenjaboev va Golban tushdi

79. GOL! Abdullajonovning chap qanotdan uzatgan to'pini Abror Xo'sinov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:1.

75. Ogohlantirishlar. Alibek Davronov va Shahrom Samiev

74. Maydondan kichik janjal, Samiev va Davronovning to'qnashuvidan keyin futbolchilar o'zaro tortishib qolishdi

63. O'zgarish. "Nasaf". Abdirahmatov o'rniga Nurulloev tushdi

60. O'zgarishlar. "Xorazm". Ismoilov va Iminov o'rniga Abdullajonov va Shoahmedov tushdi

59. ZARBAA! Iminovning 20 metrlardan yo'llagan zarbasidan keyin Vorobek to'pni qaytardi!

55. UXXXX! QANDAY VAZIYATLAR! "Nasaf"ning hujumi, Mozgovoy to'pni sherigiga qoldirdi, Bozorovning zarbasini darvoza chizig'i ustidagi Dilshod Jo'raev qaytardi, qaytgan to'pni Abdirahmatov yana darvozaga yo'lladi, bu safar ham Jo'raevning o'zi to'pni qaytarib yubordi va jamoasini goldan qutqardi! 

50.GOL! Cheran gol urdi, ammo qanot hakam o'yindan tashqari holatni qayd etdi. VAR ham buni tasdiqladi, hisob o'zgarmadi

49. O'zgarish. "Nasaf". Muhitdinov o'rniga Nasrullaev tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi 

46. O'zgarish. "Nasaf". Norchaev o'rniga Xebay tushdi

46. O'zgarishlar. "Xorazm". Bobojonov va Azimov o'rniga Samiev va Tursunqulov


45+4. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:1

45+2. ZARBA! Muhitdinov jarima to'pini amalga oshirdi, to'p jonli devorga tegib qaytdi!

45+1. ZARBAA! Abduhamidovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

45+1. ZARBAAA! Muhitdinovning kuchli zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!  

45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi

42. ZARBAAA! Yana "Xorazm"dan hujum, Ismoilov-Abduhamidov-Jo'raev kombinaciyasini Dilshod zarba bilan yakunladi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi!

30. ZARBAAAA! "Xorazm"dan juda xavfli hujum! Iminovning uzatgan to'pini Ixtiyor Toshpo'latov yaqin masofadan zarba berdi, Vorobeydan superseyv!

23. UXXX! Ixtiyor Toshpo'latovning havodan uzatgan to'pini Dilshod Jo'raev boshi bilan darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq! 

20. ZARBA! Abdirahmatovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasidan keyin Muhammadjonov to'pni qaytardi!

16. ZARBA! Bobojonovning jarimadan yo'llagan zarbasidan keyin Vorobey to'pni ushlab oldi

14. Azimov Cheran tomonidan yiqitildi va "Xorazm"da jarima to'pi

11. GOL! Burchakdan Muhitdinov uzatgan to'pni Alibek Davronov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 0:1. 

10. ZARBA! Norchaevning zarbasidan keyin Muhammadjonov to'pni qaytarib yubordi. Burchak to'pi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:15 da boshlanadi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика