Zuma "Chelsi"dan kyetishi mumkin

Mirjalol Normatov
4 apr 2021
"Chelsi" rahbariyati himoyachi Kurt Zuma bilan xayrlashmoqchi.

"Daily Express" xabariga ko'ra, "ko'klar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel fransiyalik futbolchini o'z rejalariga kiritmayapti va shu boisdan klub ham uni sotib yuborishga qarshi emas. Uning xizmatlariga "Everton" hamda "Lester" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Ushbu mavsumda 26 yoshli Zuma barcha turnirlarda 29 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi. Uning klubi bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Express