Zommerning "Bavariya"ga transferi barbod bo'lsa, futbolchi uchun og'ir zarba bo'ladi

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2023
Yan Zommer qishda "Bavariya"ga o'tmoqchi.

U sovrinlar uchun kurashish istagida.

"Blick" jurnalisti Andreas Benining fikricha, Myunxen klubiga transferning muvaffaqiyatsizligi darvozabon uchun og'ir psixologik zarba bo'ladi.

34 yoshli Zommer hozirgi vaziyatni "Bavariya"da kamida 6 oy darvozani qo'riqlash va sovrinlar uchun kurashishga ajoyib imkoniyat deb hisoblaydi.

Eslatib o'tamiz, Manuel Noyer oyog'i singani sababli kamida mavsum oxirigacha maydonga tushmaydi.

Oldinroq "Bavariya" va Gladbaxning "Borussiya" klublari yozda erkin agentga aylanishi mumkin bo'lgan darvozabonning transfer miqdori bo'yicha haligacha kelisha olmagani xabar qilingandi. Myunxen 5 million evrodan kam taklif qilgani, Gladbax esa 8 million talab qilayotgani yozilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bayern & Germany