"Zomin" oromgohida “Yoz – o'tmoqda soz” shiori ostida futbol festivali bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
8 avg 2018
O'FA bolajonlar yozgi tatilni maroqli va mazmunli o'tkazishlarini taminlash maqsadida O'zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan hamkorlikda har bir viloyatda “Yoz – o'tmoqda soz” shiori ostida futbol festivallarini tashkil etishga qaror qilgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Ushbu shior ostidagi mini futbol musobaqalari bu safar Sirdaryo viloyatida joylashgan "Zomin" bolalar sog'lomlashtirish oromgohida tashkil qilindi. Musobaqada bolalar 6 ta jamoaga bo'lingan holda baxslarga kirishishdi. Musobaqa so'ngida g'olib jamoa va barcha qatnashchilarga O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alar topshirildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz