Zola: "Lukaku Kontening "Inter" jamoasi uchun ideal futbolchi"

24 iyul 2019, 19:45
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukakuning Italiya klubiga o'tishi mumkinligi borasidagi xabarga Janfranko Zola fikr bildirdi.

"Lukaku "neradzurrilar" safida katta ta’sir o'tkaza olgan bo'lardi. U Kontening "Inter" jamoasi uchun ideal futbolchi. APLda jismonan o'sganligi Romeluga A Seriya futbolchilari orasida bir bosh baland turishiga zamin hozirlaydi", - deya Zolaning so'zlarini keltiradi FC Inter News.



Manba: goal.com