

"Mashal" va "Lokomotiv" o'rtasidagi o'yinda mezbonlar hujumchisi Zohir Qo'ziboev ishtirok eta olmaydi. Sababi Qo'ziboev o'tgan turda mavsumdagi o'zining to'rtinchi sariq kartochkasini oldi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 18 oktyabr kuni soat 16:00da Muborak shahridagi Bahrom Vafoev nomidagi stadionda bo'lib o'tadi.



