Zohir Qo'ziboev 1 yil, 1 oy, 1 kundan so'ng oliy ligada gol urdi

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2016
Oliy liganing 11-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Obod" uchrashuvida mezbonlar yirik hisobda zafar quchishdi (5:0).

O'yinda mezbonlar safida Shahboz Erkinov va Mirzohid G'ofurov raqib darvozasiga ikkitadan gol urishdi. Yana bir golga jamoa hujumchisi Zohir Qo'ziboev mualliflik qildi. E'tiborlisi Qo'ziboev oxirgi marta 2015 yilning 9 may sanasida oliy ligada to'p kiritishga erishgandi. Oradan roppa rosa 1 yil, 1 oy va 1 kun o'tgach Zohir gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Zohir Qo'ziboev 2014 yilgi mavsumda oliy ligada 14ta gol urib to'purarlar poygasiga ikkinchi o'rinni band etgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia