Zlatko Dalich: "Tiki-taka allaqachon tarixga aylangan"

Alisher
16 dek 2022
Murabbiy buni Ispaniya misolida tushuntirdi.

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabiyi Zlatko Dalichning fikricha, Ispaniya terma jamoasi uslubi allaqachon eskirgan.

"Men tiki-takani allaqachon tarixga aylandi deb hisoblayman. Ispaniya Marokashga qarshi 900 ta pas berdi va baribir mag'lub bo'ldi. Fransiya esa qarshi hujumga asoslangan futbol o'ynayapti. 

Ixcham va ishonchli himoya, tezkor o'yinchilar hamda qarshi hujum – kelajak futboli aynan shu unsurlar yordamida quriladi", -deydi Zlatko Dalich. 

Ma'lumot uchun, Xorvatiya termasi Jahon chempionati Bronza medali uchun Marokashga qarshi maydonga chiqadi.


AlisherMuallif
Manba: Evening Standard