Zlatan: "Sinisha Mixaylovich uchun "Bolonya"da tekinga o'ynashga tayyor edim"

Tolibjon Qosimov
23 noya 2020
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich "Bolonya" bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Sinisha ajoyib inson, u bilan ishlash baxtiga muyassar bo'lganman. Avvaliga bir-birimizni yoqtirmadik, biroq men uni yaxshiroq taniganimdan so'ng Sinishaga ko'nglim tushdi. Men doim aytganman: "Agar urushga borish kerak bo'lsa, Sinisha birinchi safda bo'ladi. Men esa ikkinchi". 

Mixaylovich "Bolonya"ga o'tishim uchun hammasini qilgandi. Unga to'g'risini aytdim va avvalgidek yugura olmasligimni tushuntirdim. Sinisha esa oldinda turib vaziyatlardan foydalanishimning o'zi kifoya ekanligini aytdi. U to'g'ri so'zlarni topa olgandi.

Men u uchun "Bolonya"da tekinga o'ynashga tayyorligimni ma'lum qildim. Keyinroq, "Milan" paydo bo'ldi. Menda "Bolonya" yoki "Milan" emas, faoliyatimni davom ettirish yoki yakunlash tanlovi bor edi", - dedi Ibragimovich.


Zlatan joriy mavsum A Seriyaning oltita o'yinida 10 ta gol urdi va bitta golli pas berdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport