Zlatan mavsum yakunlanganidan so'ng "Xammarbyu"ga o'tishi mumkin. U klub egalaridan biri

Alisher
16 iyun 2020, 12:44
"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich mavsum yakunlanganidan so'ng faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin.

Ibragimovich "Xammarbyu" bilan shartnoma imzolamoqchi. 38 yoshli shvetsiyalik futbolchi aynan shu klub rahbarlaridan biridir.

Hujumchining "Milan" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Tez orada Ibragimovichning agenti Mino Rayola "rossonerilar" ijrochi direktori Ivan Gazidis bilan o'yinchining kelajagini muhokama qiladi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira