Zlatan Ibragimovich "Manchester Yunayted" bilan o'yindagi mag'lubiyatga o'z munosabatini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
19 mar 2021, 09:01
"Milan" futbolchisi Zlatan Ibragimovich MYUga qarshi o'yindan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz har ikki o'yinda ham yaxshi harakat qildik, vaziyatlar yaratdik. Ammo futbol shunday - sen to'p kiritmasang g'alaba qozona olmaysan. Vaziyatlardan foydalanmasang barchasi qiyinlashadi va raqib vaziyat yaratadi. Ulardan birini MYU golga aylantira oldi. Xatolar uchun to'lashga to'g'ri keladi. 

Bu o'yinda gol o'tkazib yubormasligimiz kerak edi. Endi navbatdagi o'yinlar haqida o'ylaymiz", - dedi Ibragimovich. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia