Zlatan: "Bu 10-11 yil oldingi "Milan"dan keskin farq qiladi"

Alisher
11 iyul 2020
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich hozirgi jamoani Massimiliano Allegri qo'l ostida "skudetto"ni yutgan jamoa bilan taqqosladi.

"Bu 10-11 yil oldingi "Milan"dan keskin farq qiladi. Bu umuman boshqa tashkilot, ular boshqa ish qilishadi va jamoa ham boshqacha. Ehtimol, hozir boshqa maqsadlar bordir. Men ilgani yashagan "Milan" hali ham miyamdan kyetmaydi, ammo men farqni yaxshi tushunaman.

Bundan tashqari, biz to'xtab, o'tmish haqida o'ylamasligimiz kerak. Aksincha, kelajak haqida o'ylab, avvalgi darajaga qaytish uchun qo'limizdan kelgan barchasini qilishimiz kerak", - deydi Ibra.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 13ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it