Zlatan "Bolonya"ga o'tadimi? Klub sport direktori savolga javob berdi

Mirjalol Normatov
9 dek 2019
"Bolonya" sport direktori Valter Sabatinining aytishiga ko'ra, klub Zlatan Ibragimovich bilan shartnoma imzolamaydi.

"Ibragimovich "Bolonya"ga o'tmaydi. Unga yaxshi taklif bergandik, biroq u boshqa jamoani tanladi. U buni o'zi uchun professional taklif deb hisobladi", - dedi Sabatini.

31 dekabr kuni Ibragimovich "Los-Anjeles Gelaksi"dan ketadi. Ayni damda unga "Milan" va "Napoli" klublari davogarlik qilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/gianlucadimarzio