Zinchenko Ukraina futbol associaciyasi ijroiya qo'mitasi a'zosi etib saylandi, Demyanenko esa birinchi vice-prezident bo'ldi

Alisher
9 iyun 2020
"Manchester Siti" va Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko Ukraina futbol associaciyasi (UFA) ijroiya qo'mitasi yangi a'zosi etib saylandi.

Bu haqda UFA matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qo'mitadan shuningdek Viktor Mejeyko, Evgeniy Dikiy, Taras Gerula va Vasiliy Zatorskiylar o'rin oldi. Alan Pliev va Anatoliy Demyanenko UFAning birinchi vice-prezidentlari bo'lishdi.

Oldinroq, Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko shartnomasini 2022 yilga qadar uzaytirgani ma'lum bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: ffu.org.ua