Zinchenko APLda qizil kartochka olgan ikkinchi ukrainalik futbolchiga aylandi

Alisher
3 fev 2020
APL 25-tur doirasidagi "Tottenxem" - "Manchester Siti" o'yinida londonliklar zafar quchishdi.

"Shporlar" raqib bir kishi kam bo'lib qolganidan so'ng 2ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi.

"Siti" o'yinchisi Aleksandr Zinchenko o'yinning 60-daqiqasida ikkinchi sariq kartochkani olgan holda maydondan chetlatildi. Bu esa ukrainalik futbolchilarning APLdagi ikkinchi qizil kartochkasi bo'ldi.

Londonning "Arsenal" jamoasi sobiq futbolchisi Oleg Lujniy 2002 yilda "Blekbern"ga qarshi o'yinda qizil kartochka olgan edi.

Qayd etish kerakki, "Siti"da tanaffusgacha hisobni ochish uchun imkoniyat bo'lgan edi, ammo Ilkay Gyundogan penaltidan gol ura olmadi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia