Ziko: “Oskar va Azar raqib himoyasini bemalol yorib o'ta oladi”
Tolibjon Qosimov
4 iyun 2014
Braziliyalik afsonaviy futbolchi Zikoning fikricha, “Chelsi” murabbiyi Joze Mourinyo jamoani Oskar va Eden Azar atrofida qurishi kerak.
“Mourinyo Oskardan kam foydalanayotganidan hayronman. Oskar va Azar maydonda bo'lishsa, ular har qanday raqib himoyasini yorib o'ta oladi. Menga Azarning o'yini yoqadi. U himoyachilarni juda ham ajoyib tarzda aldab o'tadi”, - deydi Ziko.