Julio Donati: "Zenit"ga urgan golimni chiroyli nishonlamoqchi edim, ammo yiqilib tushdim"

Aslanov Jasurbek
23 okt 2014, 13:41
"Bayer" himoyachisi Julio Donati "Zenit"ga qarshi Chempional ligasi 3-tur uchrashuvidagi o'zining o'yinidan ko'ngli to'q.

"O'ylashimcha, biz ajoyib o'yin o'tkazdik. Gol ura olganimdan xursandman. Golni nishonlayotib tribunaga sirpanib bormoqchi edim, ammo yiqilib tushdim.

Bunday kayfiyatni saqlab qolish lozim. Rossiyada bizni umuman boshqacha o'yin kutib turibdi. "Zenit" hujumkor harakat qiladi. Mehmonda bir hil ob-havoda to'p tepamiz, ammo hozirgidek o'yin namoyish qilsak, muvaffaqiyatga erishamiz" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru