Joze Mourinyu: Barselona vaqtni bekorga sarflayapti

9 avg 2013, 08:06
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa himoyachisi braziliyalik David Luiz sotilmasligini ta'kidladi.
"Luiz "Barselona"da? Hech ham ilojisi yo'q. Bu ular uchun vaqtni bekroga sarflashdan boshqa narsa emas. Men ularga sotib olmoqchi bo'lgan futbolchilari ro'yxatidagi ikkinchi nomzod bilan shug'ullanishni maslahat beraman. Chunki hozir ular vaqtlirini bekor o'tkazishyapti xolos".

"Biz o'zimizning eng yaxshi futbolchilarimizni yo'qotish niyatimiz yo'q", dedi Mourinyo.

Avvalroq "Chelsi" Luiz uchun "Barselona"ning 35 millionlik taklifini rad etgani ma'lum qilingandi.

Manba: sports.ru