

Ikkinchi bo'limda "PSJ" juda yopiq o'ynadi. Men yordamchimga o'yin 1:1 yoki 2:0 bo'ladi dedim. Bir daqiqa o'tib hisob 2:0 bo'ldi. Yarim finalda "Real" bilan uchrashsak nima bo'ladi? Nima bo'lardi, olg'a bosamiz. O'ynaymiz. Futbolchilarimga bir yil avval "Rubin"dek jamoalar bilan o'ynab yurgandinglar, o'yindan zavq olinglar dedim. Hozirgi jamoamda o'tgan yili Yevropa ligasida o'ynagan va "Manchester Yunayted"dan 25 ochko kam jamg'argan futbolchilar ham o'ynashmoqda.



