Jorjo Kellini: 2004 yilda Romaga, 2007 yilda APLga o'tishim mumkin edi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2014
Yuventus himoyachisi Jorjo Kellini faoliyati davomida bir necha bor klubini almashtirishga yaqin bo'lganini aytib berdi.
2007 yilda Angliya premer-ligasiga o'tishim mumkin edi. Shunday bo'lsa yomon bo'lmasdi, lekin Yuventus – mening taqdirim. 2004 yilda Romada paydo bo'lishim mumkin edi. O'shanda tomonlar transferni deyarli kelishib bo'lishgandi.

Yuventusga kelganimda Juliano Jannikedda katta akamdek munosabatda bo'lgandi. Ortiqcha so'z aytishga qo'rqardim, lekin u menga ko'p narsani o'rgatdi.

Faoliyatimni tugatgach futbolda qolishni istardim, lekin murabbiy bo'lmasam kerak. Bu judayam asabiy ish.

Hozircha futbolchilikni to'xtatish haqida o'ylamayapman. Menimcha 38 emas 34-35 yoshimda butsalarimni mixga ilsam kerak.

Faoliyatim yakuniga qadar AQSHda o'ynashni istardim. U erda yashashni orzu qilaman, – deydi italiyalik himoyachi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru