Jerrard "Liverpul"ning yangi futbolchilari top-4ga kirishga yordam beradi deb umid qiladi

"Liverpul" sardori Stiven Jerrard klubga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar jamoaning bu mavsumda kuchli to'rtlikka kirishiga yordam berishidan umidvor.
Mavsumlar oralig'idagi ushbu tanaffusda "Enfild"ga Simon Minole, Kolo Ture, Yago Aspas va Luis Alberto kabi futbolchilar kelib qo'shildi. Jerrard ushbu futbolchilar "Liverpul"ni yanada kuchaytirdi deb hisoblaydi.

"Mavsum yakunida kuchli to'rtlikdan o'rin olish, bizning maqsadimiz bo'lmog'i lozim. Men bu natijaga jamoa bilan ko'p marta erishganman. Bizning o'rnimiz kuchli to'rtlikda".

"Aspas bir necha sehrli xunarlari bor yigit ekan. U jamoani kuchaytirishi aniq. U juda yosh bo'lishiga qaramay uning iqtidoriga o'zingiz guvoh bo'lasiz".

"Ture "Olimpiakos"ga qarshi o'yinda himoyada ishonchli harakat qildi. Minole esa darvozamiz dahlsizligini taminladi. Luis Alberto esa kelajakni o'ylab qilingan harid. "Enfild"da o'tkazgan har daqiqasi uning uchun katta tajriba bo'ladi.

"Barcha yangi futbolchilar jamoaga yaxshi moslashib ketishmoqda. Umid qilamanki yaqin orada yana bir necha yangi futbolchilar jamoamizga qo'shiladi", deya futbolchi so'zlaridan Sky Sports iqtibos keltirmoqda.


Manba: fapl.ru