Jerarrd sharafiga o'tkazilgan o'yinda "Liverpul" "Olimpiakos"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
3 avg 2013
"Liverpul" klubi sardori Stiven Jerrard sharafiga o'tkazilgan o'yin bo'lib o'tdi.
"Enfild Roud" stadionida maydon egalari Gretsiyaning "Olimpiakos" klubini 2:0 hisobida mag'lub etishdi. Jo Allen va Jordan Xenderson bittadan gol urishdi. Eslatib o'tamiz, Jerrard "Liverpul" safida 15 yildan buyon to'p tepmoqda. O'yinda Jeymi Karrager va Robbi Fauler kabi klub afsonalari ham ishtirok etishdi. 

 O'rtoqlik uchrashuvi

"Liverpul" (Angliya) - "Olimpiakos" (Gretsiya) - 2:0

Gollar: Allen, 23 (1:0); Xenderson, 63 (2:0).

"Liverpul": Minole, Jonson, Ture, Agger, Enrike, Lukas, Allen, Jerrard, Koutino, Sterling, Aspas.
Zaxira: Jons, Alberto, Shkrtel, Dauning, Xenderson, Ayb, Uisdom, Koates, Borini, Suares, Spiring, Karrager, Fauler.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com