JCH-2018 saralashi. Afg'oniston - Suriya o'yinini o'zbekistonlik hakamlar boshqaradi

Narzulla Saydullayev
7 may 2015
2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga saralashning ikkinchi bosqichi doirasidagi Afg'oniston - Suriya o'yinida o'zbekistonlik hakamlar brigadasi ishlaydi.
11 iyun kuni bo'lib o'tadigan ushbu o'yinda bosh hakam sifatida Ilgiz Tantashev ishlasa, unga qanotlarda Jahongir Saidov hamda Andrey Sapenko yordam beradi. Yordamchi hakam esa qirg'izistonlik Temur Fayzulin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia