JCH-2014ning eng qo'rqinchli 23 fotosi

Tolibjon Qosimov
15 iyul 2014
Mundial ortda qoldi, haligacha undagi eng yoqimli onlarni yodga olayapmiz.
Bugun esa ana shu jahon chempionatidagi jarohatlar bilan bog'liq 23 ta eng qo'rqinchli suratni e'tiboringizga havola etamiz.

1. Bastian Shvaynshtayger, Germaniya


Rio-de-Janeyrodagi "Marakana" stadionida o'tkazilgan jahon chempionati finalida Argentina bilan bahsda Germaniyalik Bastian Shvaynshtaygerning yuzidan qay tarzda qon oqayotganini ko'rib turibsiz.

2. Dirk Kuyt, Gollandiya


Jahon chempionati bronza medali uchun Braziliya hamda Gollandiya terma jamoalari o'rtasida kechgan o'yinda Dirk Kuyt raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketgandan so'ng uning boshidan qon oqa boshladi.

3. Neymar, Braziliya


Braziliya hamda Kolumbiya terma jamoalari o'rtasida kechgan chorak finaldagi o'yinda Xuan Suniganing qo'pol harakatidan so'ng Neymar jarohat oldi.

4. Neymar, Braziliya


U maydonni zamblda tark etdi va o'sha zahoti maxalliy kasalxonaga jo'natildi. U erda Neymarga umrtqa pog'onasining sinishi tashhisi qo'yildi.

5. Tomas Myuller, Germaniya


Gana bilan o'yin paytida Jon Boye tomonidan etkazilgan jarohatdan so'ng germaniyalik futbolchi Tomas Myullerning boshi qonga belandi va ko'zining tepasidan beshta chok tushdi.

6. Klint Dempsi, AQSH


Voqealar markazida yana o'sha Ganalik Jon Boye. Uning navbatdagi qurboni AQSH terma jamoasi yulduzi Klint Dempsi. Klint raqibidan kuchli zarba qabul qilib oldi.

7. Klint Dempsi, AQSH


Dempsining burni singan edi, lekin u o'yinni davom ettirdi. Uchrashuvdan so'ng u shunday dedi: "Burnim singanligi uchun nafas olish bilan bog'liq muammolar bo'ldi. Ozgina qon aralash yo'tal bo'ldi va o'zimda charchoqni his qildim. Umid qilamanki, men yana burnim bilan nafas olishni boshlayman. Kelasi o'yinni intizorlik bilan kutaman"

8. Stiv fon Bergen, Shveytsariya


Shveytcariyalik Stiv fon Bergenga guruh bahslarida Fransiya bilan bo'lib o'tgan o'yinda Olive Jiru tomonidan kichik jarohat etkazildi.

9. Martins Indi, Gollandiya


Gollandiyalik himoyachi Martins Indi Avstraliyalik Tim Kexill bilan to'p uchun havodagi kurashdan so'ng maydonga noqulay yiqildi va miyasi chayqaldi. Martins Indi tunni shifoxonada o'tkazdi va Chiliga qarshi keyingi o'yinni o'tkazib yubordi. Bir necha kundan keyin esa yana mashg'ulotlarga qaytdi.

10. Martins Indi, Gollandiya


Gollandiyalik Bruno Martins Indi guruhda Avstraliya bilan o'yin vaqtidagi kurashdan so'ng davolanmoqda.

11. Kristian Noboa, Ekvador


Ekvadorlik Kristian Noboa fransiyalik Blez Matyuidi bilan to'qnashuvdang so'ng miya suyagidan jarohat oldi.

12. Jozi Altidor, AQSH


Shundoq ham tizzasida muammolar bo'lgan Jozi Altidor Ganaga qarshi o'yinning 20-daqiqasida jarohat oldi. Keyinchalik, uning chap tizzasi tekshirib ko'rilganidan so'ng, Altidor AQSHning keyingi ikkita o'yinini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi

13. Jozi Altidor, AQSH


AQSH a'zosi Jozi Altidor Gana bilan o'yinda tizzasidan jarohat olgach, maydonni zamblda tark etdi.

14. Maykl Babatunda, Nigeriya


To'pni qo'l bilan o'ynash har doim ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Nigeriyalik Maykl Babatunda Argentina bilan bahsda jamoadoshi Ogeni Onazining raqib darvozasi tomon yo'llagan zarbasini behosdan qo'li bilan "qaytarib" yuboradi. Bu holat uning qo'li sinishiga olib keladi.

15. Maykl Babatunda, Nigeriya


Nigeriyalik Maykl Babatunda Argentinaga qarshi guruh o'yinida olgan jarohatidan keyin maydonni tark etadi. Uchrashuvdan so'ng, nigeriyaliklar bosh murabbiyi Babatunda davolanishini, lekin uning to'liq tiklanishi uchun kamida 3 hafta vaqt kerakligini aytadi.

16. Sofian Feguli, Jazoir


Jazoir terma jamoasi a'zosi Sofian Feguli guruh bosqichida Rossiya bilan o'yinda boshidan yoqimsiz jarohat oldi.

17. Jorjio Kellini, Italiya


Ha, bu Luis Suaresning tish izlari. Urugvay - Italiya bahsida Suares Kellinini kutilmaganda tishlab oldi. Bellashuvdan so'ng, FIFA Suares keyingi to'qqizta o'yinni o'tkazib yuborishini e'lon qildi.

18. Pablo Sabaleta, Argentina


Mundialning yarim finalida Gollandiya terma jamoasiga qarshi o'yinda Dirk Kuyt bilan to'qnashib ketgan argentinalik Pablo Sabaleta kichik jarohat oldi.

19. Pablo Sabaleta, Argentina


Pablo Sabaleta Gollandiya bilan o'yinning qo'shimcha bo'limlarida jarohat olgach, yuzining jarohat olgan qismini bint va plaster bilan "yopib" qo'yishdi.

20. Gari Levin, Angliya (murabbiy)


Ehtimol, bu barcha jahon chempionatlaridagi eng g'aroyib jarohatdir. Angliyalik murabbiy Italiya darvozasiga kiritilgan golni nishonlash uchun yuqoriga sakradi va suv to'la shisha idishning ustiga noqulay tarzda tushdi.

21. Alexandro Bedoyya va Jermeyn Jons, AQSH


AQSH terma jamoasi a'zolari Alexandro Bedoyya va Jermeyn Jons Germaniyaga qarshi kechgan og'ir o'yinda o'z kuchlarini birlashtirmoqchi bo'lishdi.

22. Alexandro Bedoyya va Jermeyn Jons, AQSH


Jamoadoshlarning to'qnashuvidan keyin Jonsning burni singan bo'lsa, Bedoyya boshidan jarohat oldi. Keyinroq, Bedoyya bu vaziyatni izohlab o'tdi: "Bu juda ham g'alati to'qnashuv bo'ldi... Men uni umuman ko'rmadim... Mening boshim uning burniga zarba berdi".

23. Fabio Koentrau, Portugaliya


Portugaliyalik Fabiu Koentrau 16 iyun kuni Germaniyaga qarshi o'yinda jarohat oldi va unga "o'ng sondagi harakatlantiruvchi mushakning lat eyishi" tashhisi qo'yildi. Bu o'yin uning ushbu JCHdagi so'nggi o'yini bo'lib qoldi.


xorij saytlari asosida Tolibjon Qosimov tayyorladi

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia