Muxbirimiz Kamoliddin Alimov terma jamoa bilan birga Gongkongda bo'lib turgan Jamshid Iskanderovdan qisqa intervyu oldi.
"Uchrashuvga ko'tarinki kayfiyatda tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bugun to'laqonli mashg'ulot o'tkazdik. Kecha murabbiylar dam olish uchun imkoniyat yaratib berishgandi. Ko'z tegmasin, jarohatlar yo'q. Barcha sog' salomat. Vetnam bilan taqqoslaganda bu yerda ob-havo yaxshiroq. Ammo Sharqiy Osiyo mamlakatlarida bo'lgani kabi namgarchilik juda yuqori. Gongkongga faqat g'alaba uchun kelganmiz. Lekin mezbonlar osonlikcha taslim bo'lishmasa kerak. Ular uchun bu so'nggi imkoniyat bo'ladi. Chiroyli g'alaba bilan xalqimizni xushnud etishga astoydil harakat qilamiz. Bizni duo qilib turinglar", - deydi Jamshid Iskanderov.