“Zenit”da 18 ta o'yindan beri gol urolmagan Rigoni “dubl”ga erishdi

Italiya A seriyasining 2-turida “Atalanta” safarda “Roma” bilan jangovar durang (3:3) qayd etdi.

Mazkur bellashuvda “Zenit” yarim himoyachisi, ayni paytda ijara asosida “Atalanta” safida to'p tepayotgan Emiliano Rigoni Italiya klubiga o'tishi bilan “dubl” qayd etdi. Qizig'i shundaki, Rigoni “Zenit” safida qatorasiga 18 ta uchrashuvda raqiblari darvozasiga gol ura olmagan edi.


Manba: sports.ru