“Zenit” Sarriga 4 mln evrolik maosh taklif qildi, u esa...

Aziz Tukhtamuradov
21 may 2018
Italiyaning “Napoli” klubi bosh murabbiyi Mauricio Sarri hamon “Zenit” jamoasini qabul qilib olishga asosiy nomzod bo'lib turibdi.

Sankt-Peterburg klubi delegaciyasi Neapolda bo'lib, murabbiy bilan muzokara o'tkazdi. Sarrining uyiga Maksim Mitrofanov, Aleksandr Dyukov hamda advokat Julio Dinilar tashrif buyurishdi. 

“Zenit” rasmiylari 59 yoshli mutaxassisga yiliga 4 million evrolik maosh hamda qo'shimcha bonuslar taklif qilishdi. Sarri tez kunda bu taklifga o'z javobini berishini aytgan. 

Agar Sarri rozilik bergan taqdirda ham, “Zenit” “Napoli”ga murabbiy shartnomani buzgani uchun 8 million evro tovon puli to'lashi kerak bo'ladi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: