"Zenit" "Rostov"ni mag'lub etdi va yana Rossiya chempioniga aylandi

Alisher
25 may 2024, 20:48
"Zenit" RPL 30-turida "Rostov" (2:1)ni mag'lub etdi.

Peterburgliklar chempionlik titulini olishlari uchun o'z o'yinlarini yutishlari va "Dinamo" "Krasnodar" bilan o'yinda mag'lub bo'lishi kerak edi. "Buqalar" moskvaliklarni 1:0 hisobida mag'lub etishdi.


"Zenit" – "Rostov" 2:1

Gollar: 0:1 – 54 Ronaldo, 1:1 – 65, penalti Mantuan, 2:1 – 85 Artur.

"Zenit": Adamov, Erakovich, Nino, Alip, Karavaev (Artur, 74), Mantuan (Eroxin, 74), Klaudino, Barrios, Vendel (Vasilev, 90), Sergeev (Pedro, 46), Kasserra (Rodrigao, 90).

"Rostov": Pesyakov, Langovich, Osipenko (Melexin, 84), Sako, Vaxaniya (Chernov, 55), Utkin (Bayramyan, 90), Glebov, SHHetinin, Komarov (Aznaurov, 90), Ronaldo, Golenkov (Komlichenko, 55).

Ogohlantirish: Karavaev (22), Sako (61), Komarov (68), Artur (86).


RPL TURNIR JADVALI



AlisherMuallif
Manba: championat.asia