"Zenit" Rigonini La Liga debyutantiga sotib yubordi

Alisher
6 okt 2020
"Zenit" hujumchi Emiliano Rigonini "Elche"ga sotdi.

Ispan klubi esa 27 yoshli forvard bir mavsumga ijaraga olinganini e'lon qildi. Qayd etish kerakki, Rigonining "Zenit" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.

Rigoni "Zenit"ga 2017 yilda "Independente"dan 9 million evro evaziga o'tgandi. O'yinchi joriy mavsum RPL doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushdi.

"Elche" Ispaniya chempionatida 3 turdan so'ng 4 ochko to'plagan holda 16-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: fc-zenit.ru