"Zenit" hujumchisi Dzyuba o'yin payti "Spartak" sharfini bosdi FOTO

Tolibjon Qosimov
28 noya 2017
"Zenit" hujumchisi Artem Dzyuba Rossiya chempionati 18-turi doirasida "Spartak"ka qarshi o'yin (1:3) paytida raqib sharfini oyog'i bilan bosdi.

"Qizil-oqlar" o'yinchilaridan biri, katta ehtimol bilan Roman Zobnin Dzyubaning oyog'i ostidan sharfni olishga harakat qildi.

Dzyuba maydonga 65 daqiqada tushdi. "Spartak" muxlislari forvardning o'yinga tushishini norozilik bilan qarshi olishdi. O'yindan oldin "qizil-oqlar" muxlislari hujumchini xaqorat qilishgan edi.

Eslatib o'tamiz, Artem Dzyuba 2015 yilda "Spartak"dan ketgan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru