Zayniddin Tojiev 2007 va 2008 yillarda tavallud topgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi

Nadirkhuja Yuldashev
24 yanv 2021
Murabbiylik faoliyatini yoshlar futbolidan boshlagan Zayniddin Tojievga yangi chorlov tushdi.

Bu haqda terma jamoalar bo'lim boshlig'i Azizbek Haydarov "SA"ga bergan intervyusida aytib o'tdi. Unga ko'ra Zayniddin Tojiev 2007 va 2008 yillarda tavallud topgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Uning oldiga terma jamoani joriy yil Xitoyda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlariga tayyorlash vazifasi qo'yilgan. Mazkur musobaqada 2007 va 2008 yillarda tavallud topgan futbolchilar ishtirok etadilar. 

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi shu kungacha bu musobaqada ishtirok etmagan. 3-marotaba bo'lib o'tadigan turnirning amaldagi g'olibi Janubiy Koreya bo'lib, ular finalda eronlik tengqurlarini 1:0 hisobda mag'lubiyatga uchratgan edilar. Mazkur musobaqadan keyin, 2008 yillar terma jamoasi 2024 yil bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining saralash o'yinlariga tayyorgarlikni boshlab yuboradi. 


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia