"Zarangar" Nigeriya yoshlari bilan o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etmoqchi

Narzulla Saydullayev
26 mar 2019
2011 yilda tashkil topgan Buxoro viloyatining "Zarangar" jamoasi joriy mavsumdan PRO-Liga "B" guruhida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

Klub uy uchrashuvlarini G'ijduvon tumanidagi "Zarangar” o'yingohida o'tkazadi. Klub 2018 yilgi futbol bo'yicha  Buxoro viloyati birinchiligida 1-o'rinni egalladi va viloyatning Superkubok bahsida g'alaba qozondi. Hozirgi kunda "Zarangar" jamoasi PRO-Liga bahslariga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoa  a'zolari murabbiylar Komil Samiev va Abdurasul Rashidov, hamda jamoa rahbari Furqat Toirovlar boshchiligida kuniga 2 mahaldan mashg'ulotlar olib bormoqdalar.

Jamoa oldiga joriy mavsumda PRO-Liga "B" guruhida munosib ishtirok etish va mavsum yakunida PRO-Liga "A" o'yinlariga yullanma olish kabi vazifalar qo'yilgan.

Tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra, "Zarangar" ayni damda yurtimizda mehmon bo'lib turgan Nigeriya (U-23) jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Mazkur uchrashuv 2019-yil 30 mart kuni soat 16:00 da G'ijduvon tumanidagi "Zarangari" o'yingohida boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Akbar Mirzaev tayyorladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia