"Zalcburg" qatorasiga 9-marta Avstriya chempionligini qo'lga kiritdi

Sherzod Nurmatov
24 apr 2022, 22:09
Zalcburg shahri sharafini himoya qiluvchi klub 2021/22 yilgi mavsumda ham Avstriya chempioni bo'ldi.

"Red Bull" tizimidagi klub mavsum tugashiga ikki tur qolganda qatorasiga 9-chempionlikni kafolatladi. Umuman olganda, “Zalcburg” mamlakat oliy ligasida 16 marta chempionlikka erishgan – bu tarixdagi uchinchi natida. Peshqadamlar – "Rapid" (32) va "Austriya" (24).

Shuningdek, Mattias Yayssle jamoasi 1 may kuni "Rid"ga qarshi Avstriya Kubogi finalida maydonga tushadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia