

"O'yinga qattiq tayyorgarlik ko'rdik. "Qizilqum" va "Metallurg"ga yutqazib qo'ygandik. Yigitlar murabbiylarning barcha ko'rsatmalarini bajarishdi. Oldingi mag'lubiyatlar uchun muxlislardan uzr so'raymiz. "Bunyodkor"ni mag'lub etish vazifasi qo'yilgandi, lekin bugungi durangdan qoniqdik. "Mashal" oldiga mavsumda kuchli to'rtlikka kirish vazifasi qo'yilgan", - deydi Zafar To'raev.




