- Zafar aka, “Olmaliq”ning Turkiya yig'inida asosiy e'tibor nimalarga qaratilyapti?
- Yig'in davomida asosiy e'tibor to'p bilan ko'proq muomalada bo'lishga qaratilyapti. To'p bilan qanday muomalada bo'lishga qaratilgan mashg'ulotlar ancha qiziqarli o'tmoqda. Yana murabbiyimiz jismoniy tayyorgarligimiz ustida ham ishlamoqda. Hozircha hammasi ko'ngildagidek o'tmoqda.
- Yig'in davomida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan. Shulardan dastlabkisida gol kiritdingiz...
- Ha, chindan ham Armanistonning “Pyunik” klubiga qarshi o'tkazilgan uchrashuvda gol kiritishga muvaffaq bo'ldim. Bu o'yinda bizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi, lekin ulardan foydalanishda xatolarga yo'l qo'ydik. “Pyunik” yaratilgan 3ta imkoniyatdan 3ta gol urdi. Bu o'yinda bitta gol urganim kam, keyingi uchrashuvlarda bu kamchilikni bartaraf etishga harakat qilaman.
Ikkinchi uchrashuvda Qozog'istonning “Irtish” jamoasiga qarshi to'p surdik. Bu o'yinda jamoamiz ancha mazmunli harakat qildi. Murabbiyimizning ham ko'rsatgan o'yinimizdan ko'ngli to'ldi, menimcha.
Yana yig'in davomida uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Bu o'yinlarda yo'l qo'yilgan xatolardan kerakli xulosa chiqarib maydonga chiqamiz.
- Yig'in davomida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadigan jamoalar nomini ayta olasizmi?
- 23 fevral kuni Belorussiya klubiga qarshi o'ynaymiz. Keyingi o'yinlar haqida hozircha aniq ma'lumot yo'q.
- Hozir ko'plab jamoalarimiz xorij yig'inlari davomida o'z tarkiblarini xorijlik legionerlar bilan to'ldirib olishmoqda. “Olmaliq”qa yangi legionerlar keldimi?
- Ha, tarkibimizga legionerlar kelib qo'shilgan. Biri fransiyalik, ikkinchisi turkmanistonlik. Ularning jamoada qolish-qolmasliklari noma'lum.
Komiljon Ikromov suhbatlashdi.