"Yuventus"ning sobiq futbolchisi klubda ish boshlaydi

Mirjalol Normatov
8 sen 2019
"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Andrea Bardzali bosh murabbiyning yordamchisi sifatida klubda ish boshlaydi.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, Barzali murabbiylik kurslarida o'qidi va yaqin vaqtlarda Mauricio Sarri boshchiligidagi murabbiylar shtabida ish boshlaydi.

38 yoshli italiyalik 2019 yilning mayida faoliyatini yakunlagandi. "Yuve" tarkibida u 206 o'yinda qatnashib, 8 marta A Seriya chempioni bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport