"Yuventus"ning Ronaldu ishi bo'yicha apellyaciyasi 2025 yilda ko'rib chiqiladi

Aslanov Jasurbek
19 okt 2024
"Yuventus" hamda Krishtiuna Ronaldu o'rtasidagi 9,8 mln. evrolik sud ishi 2025 yilda bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik hamda "Yuventus" o'rtasida yashirin kelishuv bo'lgan va unda Turin klubi koronavirus pandemiyasi payti maoshni kechroq berishi yozilgan.

Keyinroq Ronaldu sudga murojaat qilib, 19,9 mln. evro talab qildi. Natijada sud turinliklarga 9,77 mln. evro to'lab berish majburiyatini yukladi. "Yuventus" ushbu qaror bo'yicha apellyaciya berdi.

Ma'lum bo'lishicha, mehnat shartnomalari bo'yicha sud tomonlar o'rtasidagi eshituvni 2025 yilning martida bo'lib o'tishini belgiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calcio Mercato