"Yuventus"ga Ronaldu, Morata va Dibaladan ajralib turadigan hujumchi kerak. Klub "Jenoa" bilan Shomurodov borasida aloqaga chiqdi (Calciomercato)

Alisher
19 yanv 2021
"Yuventus" "Jenoa" forvardi Eldor Shomurodovni o'z tarkibiga jalb qilish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

Turinliklar sport direktori Fabio Paratichi Krishtianu Ronaldu, Paulo Dibala va Alvaro Moratadan ajralib turadigan to'rtinchi hujumchini o'z safiga taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Turin klubi o'zbekistonlik hujumchining ehtimoliy transferi borasida "Jenoa" rahbariyati bilan aloqaga chiqqan.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov "Jenoa"ga o'tgan yilning oktyabr oyida bonuslar bilan birga 9 million evro evaziga o'tgandi.

→ "Yuventus" Shomurodov borasida "Jenoa" bilan muzokaralarni boshladi 


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.com