"Yuventus" Zanoloning agenti bilan uchta uchrashuv o'tkazdi. "Roma" xavbek uchun 50 mln evro xohlamoqda

Alisher
12 iyun 2022, 11:23
"Yuventus" "Roma" yarim himoyachisi Nikolo Zanoloning transferi ustida ishlashda davom etmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, turinliklar futbolchining agenti bo'lmish Klaudio Vigorelli bilan uchta uchrashuv o'tkazdi.

"Roma" Zanoloni 50 mln evroga baholamoqda va bitimga boshqa o'yinchilarning qo'shilishini xohlamayapti.

Rimliklar Nikolo bilan shartnomani uzaytirishni transfer oynasi yopilgunga qadar muhokama qilishmaydi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira