"Yuventus" yosh xavbekini sotishni rejalashtirmoqda

Narzulla Saydullayev
17 dek 2023
"Yuventus" yanvarda vinger Semyuel Ilingni sotishni rejalashtirmoqda.

"Byankonerilar" ishlangan pulga Ukrainaning "Shaxtyor" klubi o'yinchisi Georgiy Sudakov bilan shartnoma imzolashmoqchi.

Ilingga "Tottenxem" va "Marsel" qiziqish bildirmoqda. Turinliklar o'yinchini 25-30 mln evroga baholamoqda.

Iling 2020 yildan beri Turin klubi tizimida. 20 yoshli angliyalik joriy mavsum A Seriya doirasida 6ta o'yinda maydonga tushdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Calciomercato