

"Keksa sinora" 19 yoshli Yildizning transferi borasida "Chelsi"ning taklifini rad etdi. "Yuventus" forvardi bilan yuqori maosh taklif qilgan holda uzoq muddatli shartnoma tuzmoqchi va u bilan muzokaralar olib bormoqda.
Turk futbolchisi o'tgan mavsum "Yuventus" safida 32ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 1ta assist qayd etdi.



