“Yuventus” yarim himoyachisi 1 oyga safdan chiqdi

Eldor Akmurzayev
1 avg 2022
“Yuventus” a'zosi Ueston Makkenni elkasidan jarohat oldi.

Taxminlarga ko'ra, u 1 oyga yaqin muddatni o'tkazib yuboradi. Avvalroq, turinliklar futbolchi bilan xayrlashmoqchiligi aytilgandi.

AQSH TJ a'zosi “Yuve” sharafini 2020 yildan beri himoya qiladi. U o'tgan mavsum jamoa libosida 29 bahsda qatnashib, 4 ta gol urdi. 23 yoshli Makkennining transfer narxi esa 25 mln evroga baholanmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport