"Yuventus" xavbeki jarohat sabab ikki haftani o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
27 fev 2022
"Yuventus" yarim himoyachisi Denis Zakariya jarohati sabab ikki hafta maydonga tusha olmasligi mumkin.

25 yoshli shveytsariyalik futbolchi "Empoli" (3:2)ga qarshi Italiya chempionati 27-tur doirasidagi o'yinning 37-daqiqasida almashtirildi.

Futbolchi chap son mushaklaridan jarohat olgan.

Zakariya "Yuventus"ga yanvar oyining so'nggida kelib qo'shilgan. Uning hisobida yangi jamoasida 5ta o'yinda 1ta gol bor.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport