"Yuventus" va "Napoli" La Ligadagi futbolchiga ko'z tikdi

Alisher Ostonov
6 iyun 2025
Bir vaqtning o'zida Italiyaning ikki klubi - "Yuventus" va "Napoli" "Jirona" himoyachisi Migel Guterresni o'z safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda.

Bitim yozgi transfer oynasida rasmiylashtirilishi mumkin. 23 yoshli futbolchining "Jirona" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.

Transfermarkt portali hisob-kitoblariga ko'ra, Guterresning bozor narxi 25 million evro atrofida.

Migel 2024/25 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol va oltita golli uzatma qayd etdi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/DiMarzio