

"Bu men uchun yakun hisoblanadi, faoliyatimni tugatyapman. Bu qarorga kelish va buni ommaga oshkor qilish juda og'ir bo'ldi", - deydi Sissoko.
Mali terma jamoasi sobiq a'zosining so'nggi klubi Fransiyaning "Sosho" klubi bo'lgandi, Sissoko ushbu klubda 2019 yilning avvalidan yoziga qadar to'p tepdi.
Eslatib o'tamiz, Muhammad Sissoko faoliyati davomida "Liverpul", "Valensiya", "Yuventus", PSJ, shuningdek, Sharqiy Osiyo jamoalarida ham o'ynashga ulgurgan.



